Ucell mobil aloqa operatori abonentlari trafik haqida qayg‘urmasdan, “Daryo” internet-nashri hamda uning mobil dasturidan cheksiz foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
“Daryo” internet-nashri o‘z o‘quvchilari uchun qulayliklar taqdim etish ustida tinimsiz ish olib bormoqda. Ucell mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Cheksiz ‘Daryo’” xizmati mazkur yo‘nalishdagi samarali faoliyat mahsulidir.
Ucell abonentlari mobil brauzerdan daryo.uz saytiga kirganda yoki “Daryo” xabarlarini uning Android va iOS uchun mo‘ljallangan mobil dasturlari orqali o‘qiganda, traffik uchun pul to‘lamaydi (mobil dasturlarning eng so‘nggi versiyasi yuklab olingan bo‘lishi kerak).
“Daryo” nashrini Ucell’ning faqat Prepaid tizimi abonentlari bepul o‘qiy oladi. “Daryo”ga kirish abonent foydalanayotgan qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan o‘rnatilgan mobil brauzer orqali amalga oshirilgandagina bepul va cheksiz bo‘ladi; boshqa mobil brauzerlardan, masalan, Opera Mini, Chrome kabilar orqali “Daryo” yangiliklarini kuzatib borish trafigi bepul bo‘lishiga Ucell kafolat bermaydi.
“Cheksiz ‘Daryo’” xizmati haqida batafsil axborotni Ucell saytidan olish mumkin.
Yangiliklar “Daryo”sidan chetda qolib ketmang!Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
Izoh (0)