Nokia kompaniyasi 2016-yil oxirigacha uchta yangi modeldagi smartfonni chiqaradi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Xitoyning Weibo servisida ulardan birining suratlari paydo bo‘ldi. Gadjet dizayni, xususan, korpus shakli, tepa va pastki qismidagi plastik detallar iPhone 6s’ni eslatadi.
Shuningdek, telefonning klaviaturasi ham bor.
Avvalroq kompaniya 5 va 5,5 dyuymli ikkita smartfon chiqarishini ma’lum qilgan edi. Har ikki qurilma ham Android platformasida ishlaydi.
Izoh (0)