Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShdagi eng ommabop lotereyalardan biri Powerball jekpotining rekord daraja 1,3 milliard dollarga yetishi bilan bir qatorda uning 68 nafar ishtirokchisi millioner bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

7-noyabrdan buyon ishtirokchilarning 59 nafaridan har biri 1 million dollardan, sakkiz nafari esa 2 million dollardan yutib oldi.

CNN’ning hisob-kitobiga qaraganda, jekpot miqdorining oshganligi Powerball chiptalari sotuvining oshishiga olib keldi. Lotereya ishtirokchilaridan 28 nafari 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan bir o‘yin natijalariga ko‘ra millionlar sohibiga aylandi.

Qoidaga ko‘ra, yutuq egasi jekpotni 29 yil davomida qismlarga bo‘lingan holda olish yoki uni birdaniga qo‘lga kiritishni tanlash imkoniyatiga ega. Keyingi holatda yutuq summasi, soliqlarni hisobga olmaganda, taxminan ikki barobarga kamayadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi