Apple kompaniyasi vakili Trudi Myuller kompaniya iOS’dan Android platformasiga o‘tishda ma’lumotlarni ko‘chirishni osonlashtiruvchi dastur ustida ishlayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
“Bu yolg‘on, — dedi Myuller BuzzFeed News portaliga bergan intervyusida. — Biz bor diqqatimizni foydalanuvchilarning Android’dan iOS’ga o‘tishiga qaratganmiz va hozircha hammasi ajoyib kechmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozida Apple Android-qurilmalar foydalanuvchilarining iPhone va iPad’ga o‘tishini osonlashtirish maqsadida Move to iOS dasturini ishlab chiqqan , u Android boshqaruvidagi qurilmalar egalari tomonidan sovuq kutib olingan edi.
Izoh (0)