“Ukrnafta” Gaaga xalqaro arbitraj sudiga o‘z investitsiyalarini himoya qilish haqida Rossiya Federatsiyasiga qarshi da’vo kiritdi. Bu haqda sud sayti ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Da’vo xalqaro savdo huquqi bo‘yicha BMT komissiyasi reglamenti (UNCITRAL) hamda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina hukumatlari o‘rtasidagi investitsiyani himoya qilish to‘g‘risidagi 1998-yil 27-noyabrdagi kelishuvi asosida kiritilgan.
Xuddi shu asoslar bo‘yicha Rossiyaga qarshi Ukrainaning “Kirovograd-Nafta”, “Qrim-Petrol”, “Pirsan”, “Treyd-Trast”, “Elefteriya”, “VKF Satek”, “Rustel”, “Rubenor”, Stemv Group, Novel-Estate va Stabil kompaniyalari ham da’vo kiritdi.
Bundan tashqari, Gaaga arbitraj sudiga ukrainalik tadbirkor Igor Kolomoyskiy ham Qrimda joylashgan “Belbek” aeroportidagi investitsiyalari himoyasi bo‘yicha murojaat qildi.
Izoh (0)