Microsoft BizSpark dasturi doirasida sizda 27 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni Microsoft Azure bulutli xostingi ko‘rinishida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Agar startapingiz allaqachon ishga tushirilgan va sizga xosting zarur bo‘lsa — ariza bering, biz o‘z bepul bulutli xostingini qo‘lga kiritgan bir nechta mahalliy loyihalarni bilamiz.
Ha, xosting unchalik qimmat turmaydi, biroq nima bo‘lganda ham bu yosh tadbirkor uchun ko‘makdir.
Bor-yo‘g‘i ikkita oddiy qadamni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:
- O‘z loyihangiz bo‘yicha ariza to‘ldiring
- Qisqacha ma’lumot berib o‘ting
Qo‘shimcha ravishda mahsulotlar dizayni, ishlab chiqilishi va sinovdan o‘tkazilishi bo‘yicha bepul litsenziyali dasturni hamda ekspert ko‘magi va mentorlik maslahatlarini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Ishtirok etish shartlari:
- Loyihangiz o‘zingizniki bo‘lishi kerak (mijoz uchun buyurtma bo‘yicha ishlab chiqilmagan bo‘lishi kerak);
- Kompaniya xususiy bo‘lishi kerak (kompaniya yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart emas, siz xususiy shaxs sifatida qatnashishingiz mumkin);
- Loyihangiz tashkil etilganiga 5 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.
Izoh (0)