Suriya armiyasining harbiylari ko‘ngillilar qo‘shini hamkorligida 9-yanvar, shanba kuni Xama provinsiyasining shimoliga hujum uyushtirdi. Bu haqda SANA agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hujum davomida “Jaysh al-fath” guruhining 30 nafardan ziyod terrorchisi, dala qo‘mondoni, iroqlik Abu Bakr al-Asadi bilan birgalikda yo‘q qilindi. Dushmanning 7 ta harbiy-transport vositasi ishdan chiqarildi.
Ta’kidlanishicha, hukumat kuchlari qo‘shni Idlib provinsiyasida ham jangari guruhlarni ta’qib qilmoqda. Sarmaniya hududida bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida “Jaysh al-fath”ning yana olti nafar yollanma jangarisi yo‘q qilindi.
Izoh (0)