Apple avtomobil bilan bog‘liq domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya apple.car, apple.cars va apple.auto kabi bir necha domen nomlarini o‘tgan yil dekabridayoq ro‘yxatdan o‘tkazgan. Apple shu paytgacha o‘z avtomobilini ishlab chiqarish rejalari to‘g‘risida oshkora bildirmagan, biroq oldinroq Ford va Mercedes-Benz kompaniyalaridan avtomobil bo‘yicha mutaxassislarni faol ravishda ishga jalb etgan.
MacRumors portalining ta’kidlashicha, domenlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi iPhone egalariga rul chambaragidan qo‘lini olmay qo‘ng‘iroq qilish va ovozli xabarlarni eshitish imkonini beruvchi CarPlay tizimi joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Apple 2019-yilgacha o‘z elektromobilini taqdim etishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)