Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya Seulning targ‘ibot eshittirishlarini qaytadan boshlaganligiga javoban Janubiy Koreya bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlarni yana yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada targ‘ibot eshittirishlarini qaytadan boshlaganligi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tashqari, Seul ovoz kuchaytirgichlarni himoya qilish uchun artilleriyani ham safga joylashtirdi.

Ovoz kuchaytirgichlar Shimoliy Koreya tuzumiga qarshi tanqidiy fikrlarni eshittiradi.

Koreya yarim orolidagi munosabatlarda navbatdagi keskinlik KXDR hukumati tomonidan vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganligi haqida ma’lum qilingandan keyin yuzaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev 31-may kuni Kishinyovda uchrashadi
Dunyo
O‘g‘lining qabri yonida yotgan ona, Toshkentda buzilayotgan binolar, metroga yashiringan ukrainaliklar — 30-may suratlari 
Mahalliy
Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi