Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahri yaqinida gazning sirqib chiqib ketishi oqibatida gubernator Jerri Braun favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, gazning sizib chiqishi 2015-yil oktabr oyining oxirlaridan buyon davom etib kelsa-da, Janubiy kaliforniyalik gaz kompaniyasi muammoni bartaraf qila olmayapti. Shu sababli, gubernator metan gazi chiqindilarini bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha kuch jalb qilish uchun yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholini evakuatsiya qilib, favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildi.
Janubiy Kaliforniya gaz kompaniyasi sirqib chiqish ancha chuqurlikda joylashgan va o‘z ishini to‘xtatgan konda sodir bo‘lganligi sababli bu muammoni 2016-yilning fevral oyiga kelibgina o‘z kuchi bilan bartaraf qila olishini ma’lum qildi.
Izoh (0)