Turkiya orqali Gretsiyaga o‘tishga harakat qilgan 36 nafar muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Qirg‘oq himoyasi vakillarining ma’lum qilishicha, turk politsiyachilari Balikeshir viloyati sohillarida 29 ta jasadga duch kelgan. Yana 7 nafar qochoqning jasadi Egey dengizidan topilgan. Qurbonlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.
Suriya, Iroq va boshqa mamlakatlardan kelgan qochoqlar Turkiya orqali Yevropaga borishda davom etmoqda. 5-yanvar, seshanba kunining o‘zida Xios va Lesbos orollaridan Pirey port shahriga 2,5 mingga yaqin muhojir o‘tgan. Undan oldingi kun esa 1880 nafar qochoq qayd etilgan.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Yevroittifoqqa Egey dengizi orqali o‘tishga harakat qilgan salkam 700 kishi nobud bo‘lgan.
Izoh (0)