Мoskva KXDR vodorod bombasi sinovini o‘tkazganligi haqidagi xabarlardan jiddiy tashvishda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
Rossiya rahbariyati sinovlar o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish va bundan tegishli xulosa chiqarish niyatida. “Vladimir Putin barcha o‘lchov stansiyalari, jumladan, seysmologik stansiyalar ma’lumotlarini sinchkovlik bilan o‘rganish va sinovlar to‘g‘risidagi xabarlar tasdiqlansa, vaziyatni chuqur tahlil etishni topshirdi”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya mazkur sinovlarni qoralagani, shuningdek, Janubiy Koreya vakillari bilan vaziyatni muhokama etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)