Oq uy Shimoliy Koreyani xalqaro majburiyatlarga rioya etishga chaqirdi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining matbuot kotibi Ned Prays bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Hozircha ushbu bayonotni tasdiqlay olmaymiz, biz BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini har qanday buzishni qoralaymiz. Yana bir marta Shimoliy Koreyani xalqaro majburiyatlarga rioya etishga chaqiramiz”, — deydi Prays.
Prays AQSh Shimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyasiga tegishli tarzda javob qaytarishini ma’lum qildi.
KXDRning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganligini Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari ham keskin qoraladi.
Izoh (0)