Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi KXDRda 6-yanvar, chorshanba kuni o‘tkazilgan yadroviy sinovlarni qoralab chiqdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida keltirilgan bayonotga tayangan holda “RIA Novosti” xabar qiladi.
Bayon qilinishicha, Avstraliya, yadroviy portlatishni amalga oshirdi deya ma’lum qilinayotgan Shimoliy Koreya rejimining provokatsion va xavfli harakatini eng keskin shaklda qoralaydi.
Ta’kidlanishicha, bomba sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashining bir qator rezolyutsiyalari va Yadroviy qurolni tarqatmaslik shartnomasi, Yadroviy sinovlarni keng qamrovda taqiqlash shartnomasi kabi xalqaro kelishuvlarga zid ravishda o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya razvedkasi KXDRda vodorodli portlash sodir bo‘lganini shubha ostiga oldi.
Voqealar rivoji: KXDRning vodorod bombasi
Izoh (0)