Alcatel OneTouch brendi O‘zbekistonda arzon Pixi 7 planshet kompyuterini sota boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Model 2014-yil boshidayoq taqdim etilgan edi.
Alcatel plansheti 7 dyuym 960×540 pikselli IPS-ekran, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira (+microSD), ikki yadroli MediaTek MT8312 protsessori, 0,3 megapikselli asosiy kamera, 2840 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma Google Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
OneTouch Pixi 7 715 ming so‘mdan sotilmoqda.
Qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)