Avstraliyaning Kvinslend shtatida kimyoviy vositalar ortilgan poyezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida, zarar ko‘rgan vagonlardan 31,5 ming litr sulfat kislotasi to‘kilib ketdi. Bu haqda The Courier Mail agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dastlab poyezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida 200 ming litr sulfat kislota yerga to‘kilib ketganligi ma’lum qilingan edi.
So‘nggi tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 vagondan tarkib topgan poyezd jami 819 ming litr sulfat kislotasini tashib ketayotgan bo‘lib, shundan 31 ming litrdan ziyod bo‘lgan qismi halokat natijasida to‘kilgan.
Avariya xizmati halokat sodir bo‘lgan hududda temiryo‘l orqali yuk tashish taqiqining amal qilishini yana 48 soatga uzaytirdi.
Izoh (0)