“Taxtlar o‘yini” seriali 2015-yilda torrentlarda eng ommalashgan televizion shouga aylandi: serial epizodlari yil davomida 14,4 million marta noqonuniy ravishda ko‘chirib olingan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Taxtlar o‘yini” TorrentFreak versiyasi bo‘yicha qatorasiga to‘rtinchi yil eng mashhur serial deb topilmoqda. 2015-yil yakunlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Tirik murdalar” (6,9 million marta ko‘chirilgan), uchinchi o‘rinni esa “Katta portlash nazariyasi” (4,4 million) egallagan.
Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” ilk bor 2011-yildan beri namoyish etilmoqda. Uning oltinchi mavsumi 2016-yil aprelidan efirga beriladi.
Izoh (0)