“Bolalar” guruhi solisti, xonanda Tohir Sodiqov guruhning dastlabki kliplari tomosha qilib turishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.
“‘Bolalar’ning ilk kliplarini ko‘rsam, zavqlanib kulaman. O‘sha paytdagi harakatlarimiz, ust-boshimiz qiziq tuyuladi endi. Eng muhimi, 15—20 yilga ortga qaytib qolgandek bo‘laman”, — dedi Tohir Sodiqov.
“Yoshlikdan esdalik-da! Yaxshiyam televideniye o‘sha damlarni tasmalarga muhrlagan ekan. Kliplarni ko‘rib bo‘lgach, ko‘zguga qarab, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, ammo qalbi hamon o‘sha Tohirni ko‘raman”, — dedi xonanda.
Izoh (0)