Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Suriyada urib tushirilgan Su-24M “qora quti”larini rasshifrovka qilish boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“18-dekabr 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00) Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasida 2015-yilning 24-noyabr kuni Turkiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24M samolyotining obyektiv nazorat qilish bo‘yicha bort vositalari ma’lumotlarini deshifrovka qilish jarayonining boshlanishi munosabati bilan Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining brifingi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin britaniyalik mutaxassislarni Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyotiga tegishli “qora quti” yozuvlarini o‘rganishda ishtirok etishga taklif qilgan edi.
Izoh (0)