Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Donbassga harbiy mutaxassislarni yubormaganligi, u yerga Rossiyadan ko‘ngillilar borganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Jurnalistlar 18-dekabr, juma kuni prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Vladimir Putinning Donbassda “harbiy masalalarni hal etuvchi” rossiyaliklar haqidagi so‘zlariga aniqlik kiritishni, davlat rahbari aynan nimani nazarda tutganligini so‘radi. Bu so‘zlarni prezident kecha, 17-dekabr kuni katta matbuot yig‘ilishi davomida aytib o‘tgan edi.

“U yerda urush ketayotgan edi, odamlar u yerga jang qilish uchun yo‘l olgan, harbiy harakatlarda qatnashgan. Mana shu harbiy sohadir”, — dedi Peskov.

Putin ushbu so‘zlari bilan rossiyalik harbiy mutaxassislar emas, ko‘ngillilarni nazarda tutganligini aniqlashtirish bo‘yicha savolga Peskov tasdiqlovchi javob berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi