Tailandning Bangkok shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda o‘zbekistonlik Sabina Sharipova g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Yigirma bir yoshli Sabina xalqaro turnirning birinchi davrasida Ji-Xi Choydan (Janubiy Koreya) 6:3, 6:7, 6:0 hisobida ustun kelgan edi. O‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada mezbon tennischi Kamonvan Buayamni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi u chorak finalda shveysariyalik Patti Shniderga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)