Paragvay poytaxti va mamlakatning suv toshqinidan jabrlangan beshta departamentida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat parlamenti qabul qilgan qarorga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Favqulodda holat rejimining joriy etilishi hukumatga boshpanasiz qolganlarga budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratish imkonini beradi. Hozirgi paytga qadar 50 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilinganligi ma’lum qilinmoqda.
Tabiiy ofatga Paragvay daryosining toshib ketishi sabab bo‘ldi. U yil davomida uchinchi marta qirg‘oqlaridan toshmoqda. Suv sathi yetti metrdan oshib, 1983-yilgi holatga yaqinlashdi. O‘sha yili daryo suvining sathi 7,72 metrga ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)