O‘tgan ikki kun davomida Turkiyaning janubi-sharqida 23 nafar separatist yo‘q qilindi. Bu haqda Anatoliya agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Shirnak viloyatidagi Silopiy va Jizra tumanlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Kurdiston ishchi partiyasi vakillari “separatistik-terrorchi guruhining a’zolari” sifatida yo‘q qilindi. Viloyat Iroq va Suriya bilan chegaradosh bo‘lib, bu tumanlarda komendant soati e’lon qilingan.
Jangarilar esa, barcha kirib kelish yo‘llarini to‘siq va zovurlar bilan to‘sib ayrim hududlarni ajratib qo‘yishga harakat qilmoqda. Mahalliy aholi maxsus opertsiya o‘tkazilayotgan hududlarni tark etishda davom etmoqda.
Izoh (0)