Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

European Film Awards Yevropa kinoakademiyasi mukofoti laureatlari e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Unda “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bo‘yicha italiyalik Paolo Sorrentino va shved Roy Andersson g‘olib bo‘ldi. Paolo Sorrentinoning “Yoshlik” kartinasi eng yaxshi film deb topildi.

Britaniyalik qo‘shiqchi Emi Uaynxaus hayoti haqida film yaratgan ijodkorlar eng yaxshi hujjatli film mukofotini qo‘lga kiritdi.

Hakamlar hay’ati, shuningdek, eng yaxshi ssenariychi deb “Lobster” filmining ssenariychisi Yorgos Lantimos, “Yevropa yangiligi” nominatsiyasi bo‘yicha “Mustang” va eng yaxshi multfilm deb “Dengiz qo‘shig‘i” multfilmini topdi.

“Yevropaning eng yaxshi aktyori” va “Yevropaning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotni Maykl Keyn va Sharlotta Rempling qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi