Uzoq Sharq federal universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq bo‘linmasi olimlari va ularning hamkasblari Oxota dengizining Kuril havzasi hududida olib borgan ekspeditsiyasi davomida 500 ga yaqin dengiz organizmini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Yangi turlar SokhoBio ekspeditsiyasi doirasida 3,5 ming metrdan ortiq chuqurlikdan topildi. Bu bilan Oxota dengizi chuqur suv osti hayotining kambag‘alligi haqidagi qat’iy fikrlarni rad etishga erishildi.
Dengizning ushbu qismi juda oz o‘rganilgan bo‘lib, yaqin vaqtlargacha uch ming metrdan ortiq chuqurlikdagi organizmlarning 50 ga yaqin turi haqida ma’lum edi, xolos.
Tadqiqot ko‘rsatkichlari Oxota dengizi makrofaunasi Yapon dengizi bilan taqqoslanganda yetarli darajada boy ekanligini ko‘rsatdi. Hatto, dastlabki natijalar Kuril havzasidagi avval ma’lum bo‘lgan organizmlar soni 20 barobarga ortiq ekanligidan dalolat beradi.
Izoh (0)