Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ba’zi geografik obyektlar yagona harfdan iborat nomga ega. Masalan, “Å” qishlog‘i yoki “D” daryosi haqida eshitganmisiz? Travel Ask shunga o‘xshash bir harfli joylar haqida batafsil ma’lumotni taqdim etdi.
Å qishlog‘i
Å qishlog‘i Norvegiyaning Moskenes munitsepalitetida joylashgan bo‘lib, uning aholisi baliqchilik bilan shug‘ullanadi va quritilgan baliq tayyorlaydi.
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
D daryosi
Foto: Travel AskEng qisqa nomga ega D daryosi Amerikaning Linkoln shahridan oqib o‘tadi. Qisqa nomi bilan birga, u bor-yo‘g‘i 130 metrdan iborat uzunligi bilan ham mashhur. Daryoni hatto eng qisqa daryo sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga ham kiritishgan, biroq 1989-yilda bunday nom Montanadagi Rou daryosiga o‘tdi.
Ø balandliklari
Foto: Travel AskØ balandliklari Daniyadagi Nørreå vodiysining bir qismi hisoblanadi. “Ø” daniyaliklar tilida “orol” demakdir, biroq bu yer maydonining atrofi suv emas, maysazor bilan o‘ralgan.
E daryosi
Foto: Travel AskShotlandiyaning tog‘ yonbag‘irlaridan oqib o‘tuvchi ushbu daryo taxminan 10 km uzunlikda bo‘lib, oxir-oqibat Mhòr ko‘liga borib taqaladi.
Å qishlog‘i
Foto: Travel AskShunday nomga ega boshqa bir qishloq Shvetsiyada joylashgan, u yerda 200 ga yaqin kishi yashaydi. Å qishlog‘ining nomi “Ay” deb talaffuz etiladi.
Y qishlog‘i
Foto: Travel Ask
Fransiya shimolida esa Y deb nomlanuvchi qishloq bor. U ushbu mamlakatdagi eng qisqa nomli qishloqdir.
Izoh (0)