AQSh prezidenti Barak Obama Parijdagi iqlim bo‘yicha global kelishuv nafaqat sayyorani kelajak avlod uchun saqlashga yordam berishi, balki hozir yashayotgan odamlarni iqlim o‘zgarishlarining eng qo‘rqinchli oqibatlaridan qutqarishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Barak Obama, shuningdek, oldinda hali ko‘p ishlar borligini ta’kidlab o‘tdi.
Davlat rahbari iqlim masalasida butunjahon konferensiyasini o‘tkazganligi uchun Fransiya prezidenti Fransua Olland va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, shuningdek, AQSh davlat kotibi Jon Kerri boshchiligidagi Amerika delegatsiyasiga minnatdorlik bildirdi.
“Qisqacha aytganda, ushbu kelishuv sayyoramizga tahdid qilayotgan uglerod ifloslanish darajasini pasaytirish, shuningdek, past-uglerodli texnologiyalarga investitsiya kiritish orqali iqtisodiyotning o‘sishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutadi”, — dedi AQSh prezidenti.
Izoh (0)