“Inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish BMT Xavfsizlik Kengashi vakolatiga kirmaydi, Kengash global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan dolzarb masalalarning yechimini topish haqida o‘ylashi kerak”, ― dedi KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Xavfsizlik Kengashi tomonidan Koreya yarimorolining shimolida inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan majlis o‘tkazish haqidagi qarori KXDR TIVning shu mazmundagi e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Rossiya, Xitoy, Venesuela va Angola Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan KXDRda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilinishiga qarshi ovoz berdi. Shunga qaramay, majlis bo‘lib o‘tadi, chunki, Xavfsizlik Kengashining to‘qqiz nafar a’zosi, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Iordaniya, Litva, Fransiya va Yangi Zelandiya majlis o‘tkazishni yoqlab chiqdi. Yana ikki davlat ― Nigeriya va Chad betaraf bo‘ldi.
Protsedura masalalari bo‘yicha Kengash tomonidan ovozga qo‘yilgan qarorlar ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda Xavfsizlik Kengashidagi besh nafar doimiy a’zo (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh va Fransiya)ning veto qo‘llash huquqi tadbiq etilmaydi.
Izoh (0)