Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshqarmasi rahbari Igor Konashenkov Rossiya harbiy vertolyotlari Gruziya chegarasi yaqinida parvozlarni amalga oshirmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Oxirgi sutkalar davomida Gruziya chegarasiga yondosh hududda Rossiya harbiy vertolyotlari hech qanday parvozni amalga oshirmadi”, — dedi u.
Konashenkov Gruziya harbiy boshqarmasi vakillari havo hududining qaysi qismiga bostirib kirilganligini kun davomida hatto taxminan bo‘lsa-da ma’lum qilmaganligini ta’kidladi.
“Keyinroq Rossiya harbiy vertolyotining sharpasi go‘yoki Mereti-Zardiaantkari qishlog‘i hududida kuzatilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu ma’lumot Mudofaa vazirligiga qaysidir mahalliy aholi vakilining o‘z ko‘rganlarini politsiyachiga bildirganligi natijasida ma’lum bo‘lganligi aniqlandi”, — dedi u.
Igor Konashenkov gruziyalik hamkasblariga obyektiv nazorat ma’lumotlariga tayanishni maslahat berdi.
Eslatib o‘tamiz, 10-dekabr kuni Gruziya mudofaa vazirligi mamlakat havo hududiga Rossiya harbiy vertolyotlari bostirib kirganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)