Farg‘ona viloyati Quva tumanida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2014-yil 18-oktabrda tug‘ilgan o‘g‘lini 20 million so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Tergov harakatlari davomida ayol 2008-yili turmushga chiqib, ikki o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgani, biroq to‘ng‘ich farzandini bir necha yil avval 3,7 million so‘mga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, qayd etishlaricha, ayol muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan.
“Mazkur holat bo‘yicha bolafurush onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)