Turkiyaning janubida portlovchi moslamani zararsizlantirayotgan politsiya xodimi otib o‘ldirildi. Bu haqda CNN Turk bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi masjidlardan birining yonida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi portlovchi moslamani zararsizlantirayotgan vaqtda, Turkiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ning snayperi tomonidan otib o‘ldirildi.
KIP jangarilari sodir etgan terakt va hujumlar o‘nlab turkiyalik harbiylarning o‘limiga sababchi bo‘lgach, Anqara uning mamlakat ichidagi va Iroqning shimolidagi lager va tayanch nuqtalarini intensiv ravishda bombardimon qila boshladi.
Izoh (0)