AQSh “islom dunyosini yo‘q qilish”ga urinmoqda, butun dunyo musulmonlari esa Amerikaga qarshi yagona frontda jang qilish uchun birlashishi kerak. Bu haqda Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
Checheniston rahbari musulmon mamlakatlari yetakchilari, shuningdek, diniy va jamoat arboblarini “AQShning islom dunyosini yo‘q qilish harakatlariga qarshi yagona frontga birlashishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar AQShning allaqachon Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Suriya, Yaman kabi davlatlar bilan to‘ldirilgan ro‘yxatidagi navbatdagi qurbon bo‘lish qismatini indamaygina kutib o‘tiribdi.
“Ming foizga ishonchim komilki, eng mushkul payt kelganida barchasi yaxshi tomonga o‘zgaradi. Buning uchun kimdir o‘zida kuch, iroda, oqillik va mardlik topib, AQSh va uning ittifoqdoshlariga ‘yo‘q’ deb ayta olishi kerak”, — dedi Checheniston prezidenti. Shu bilan birga, Qodirov AQSh va ittifoqdoshlarini urushga chorlamayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)