OPEK 2016-yilda qazib olish hajmi bo‘yicha bir qarorga kelmagani tufayli dunyoda neft narxi pasayishda davom etmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Jumladan, Londonning ICE Futures birjasida yanvarda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft fyucherslari 3,06 foizga pasayib, barrel uchun 41,84 dollarni tashkil etgan. Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) WTI turidagi neft uchun yanvar fyucherslari 3,23 foizga pasayib, barrel uchun 38,71 dollardan iborat bo‘lgan.
Neft bahosi 2009-yil martida qayd etilgan darajaga tushgani bildirilmoqda: o‘shanda Brent narxi barrel uchun 41,48 dollargacha pasaygandi.
Izoh (0)