O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Erkin Komilov kino va teatr ijodkorlarining oldidagi vazifa bu — zamon qahramonini gavdalantirish ekanligini yana bir bor eslatib o‘tdi. Bu haqda san’atkor “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ijodkorlarning oldidagi vazifa bu — zamon qahramonini gavdalantirish. Afsuski, dramaturgiyamiz oqsagani bois, bugun ekranda zamon qahramonlari yo‘q”, — dedi Erkin Komilov.
“Zamon qahramoni bu — osmonimiz musaffoligi, yurtimizning tinchligini ta’minlayotgan chegarachilar va, albatta, osoyishtaligimizga putur yetmasligi uchun odilona siyosat olib borayotgan Prezidentimiz”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti.
Izoh (0)