Vaqtincha xizmat vazifasidan chetlashtirilgan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Josef Blatter tashkilotning faxriy prezidenti lavozimini egallashni istamoqda. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Blatter FIFAning faxriy prezidenti lavozimiga saylanish uchun harakat qilmoqda”, ― deya ma’lum qildi uning maslahatchisi Klaus Shtolker.
2015-yil oktabr oyining boshlarida tashkilot prezidenti Josef Blatter va Platini FIFA axloq qo‘mitasi tomonidan egallab turgan lavozimlaridan va har qanday futbol faoliyatidan 90 kun muddatga chetlatilgan edi. FIFA prezidenti FIFA mablag‘lari hisobidan 2 million Shveysariya franki miqdoridagi to‘lovlarni noqonuniy ravishda Platiniga to‘lab berganlikda gumon qilinmoqda. Platini ham, Blatter ham ushbu hukmdan norozi bo‘lib, FIFAning apellyatsiya qo‘mitasiqa shikoyat bergan.
Izoh (0)