Syurixda qo‘lga olingan ikki nafar FIFA mansabdori AQShga o‘z istagiga ko‘ra ekstraditsiya qilishlarini rad etdi. Bu haqda Shveysariya adliya va politsiya departamenti ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Shveysariya politsiyasining aniqlik kiritishicha, hibsga olinganlar — Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi davlatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti Alfredo Xavit Gonduras, Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi rahbari Xuan Anxel Napout esa Paragvay fuqarosi hisoblanadi.
Shveysariya qonunlariga ko‘ra, ushbu mamlakat adliya departamenti ekstraditsiya uchun rasmiy so‘rov taqdim etishini so‘rab, AQSh adliya vazirligiga murojaat qiladi. Mazkur hujjatlar kelib tushguniga qadar ikki mansabdor ham ixtiyoriy ravishda AQShga ekstraditsiya qilishlarini so‘rashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 3-dekabr, payshanba kuni Shveysariya politsiyasi Syurixda FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga kelgan mansabdorlar orasida hibsga olishlarni amalga oshirgani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)