Janubiy Afrika Respublikasi Oliy sudi paraolimpiyachi Oskar Pistoriusni o‘zining ma’shuqasi Riva Stinkampni qasddan o‘ldirganlikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Shunday qilib, uni muddatidan oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarish bekor qilinib, u qamoqqa qaytishi kerak bo‘ladi.
Fojia Pistoriusning uyida 2013-yil 14-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yengil atletikachi ma’shuqasini bosqinchi, deb gumon qilib unga qarata bir necha marotaba o‘q uzgan.
Izoh (0)