Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 2014/15-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar Luis Enrike boshchiligida Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.
Shuningdek, eng yaxshi darvozabon nomiga “Barselona” posboni Klaudio Bravo munosib ko‘rilgan.
Oldinroq “Barselona” forvardi Lionel Messi 2014/2015-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi futbolchisi deb topilganini xabar bergandik.
Izoh (0)