Yakkabog‘lik aka-singil musiqachilar — Ahrorbek va Mohidil Nizomovlar Italiyada bo‘lib o‘tgan “Salom, Italiya!” xalqaro ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdi, deya xabar bermoqda “Qashqadaryo” gazetasi.
Tanlovda fortepyano yo‘nalishida qatnashgan Mohidil Nizomova Shopenning “Vals” asarini ijro etib, II darajali laureatlik diplomiga sazovor bo‘ldi
“Akam bilan birgalikdagi duet ijro — Yevropa va Osiyo bastakorlari yaratgan asarlardan parchalar ham barchaga manzur bo‘ldi va biz III darajali diplom bilan taqdirlandik”, — deydi Mohidil.
Qayd etishlaricha, aka-singil Nizomovlar 28-oktyabr — 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tanlovning folklor raqslari yo‘nalishida ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etgan.
Izoh (0)