AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan “havo-havo” turkumidagi raketa bilan urib tushirilganidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur muloqot davomida prezidentlar bunday hodisalar takrorlanmasligi, buning uchun shu kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilishi zarurligi haqida yakdil fikrga keldi. Shuningdek, Suriyada siyosiy o‘tish jarayonini ta’minlash uchun IShIDga qarshi jangovar harakatlar izchil davom ettirilishini tasdiqladi.
Izoh (0)