“Daryo”da yangi doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Erdo‘g‘on Rossiya bilan nizolar kuchayishini istamasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning aytishicha, Turkiya harbiylari Su-24 ga hujum qilish paytida uning Rossiyaga tegishli ekanligini bilmagan. Yana, Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, Su-24 qulashiga o‘xshash vaziyatlar takrorlanmasligi lozim.
2. Rossiya Mudofaa vaziri Misrda qulagan A321 bortida kim terakt uyushtirganini ma’lum qildi. Rossiya Sinaydagi samolyot qulashini terakt deb tan olishi uchun ikki haftadan ko‘proq vaqt kerak bo‘lgandi, tashkilotchi tashkilot nomi esa yana bir haftadan so‘ng aytildi.
3. Andijonda 2 balli yerosti silkinishlari sezildi. Qirg‘izistonda avvalroq yuz bergan kuchli zilzila aftershoklari hali ham davom etmoqda.
4. Samarqanddagi masjidning yong‘indan zarar ko‘rgan qismi qisqa muddatda ta’mirlandi. 23-noyabr kuni “Xoja Nisbatdor” masjidida yuz bergan yong‘in oqibatida ayvon qismiga biroz zarar yetgan.
5. Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga faqat o‘zbekistonliklar da’vogarlik qilmoqda. O‘zbekiston yoshlar termasi yozda Jahon chempionatida chorak finalga chiqqani o‘z mevasini berdi.
Izoh (0)