Jastin Biber Billboard jurnali top-yuztaligidan bir paytning o‘zida o‘rin olgan qo‘shiqlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi: nashrning yangilangan reytingiga 21 yoshli xonandaning 17 ta qo‘shig‘i kirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oldingi rekord 1964-yil aprelida Billboard Hot 100 ro‘yxatiga 14 ta qo‘shig‘i bilan kirgan afsonaviy The Beatles guruhiga tegishli edi. 2015-yili kanadalik reper Dreyk ikki bor (7-mart va 17-oktabrdagi chartlarda) ularning muvaffaqiyatini takrorlagan.
Biberning Purpose nomli yangi albomi 13-noyabrda sotuvga chiqdi va darrov Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egalladi. Albomdagi deyarli barcha qo‘shiqlar Billboard Hot 100 xit-paradidan o‘rin oldi. Eng yuqori — 2-o‘rin Sorry, eng qo‘yi — 98-o‘rin esa Trust qo‘shiqlariga tegishli bo‘ldi.
Izoh (0)