• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Yer sayyorasining eng sirli makonlari (foto)

    National Geographic jurnali qulayotgan qushlar vodiysi, aqlbovar qilmas saroblar makoni, g‘alati yerosti yo‘llari tarmog‘i va sayohatchining asabini yaxshigina egovlashi mumkin bo‘lgan yana yetti qiziqarli joyning ro‘yxatini tuzdi.

    1. Shensi viloyatidagi sharshara (Xitoy)

    Foto: “Photobase.cn”

    Foto: “Photobase.cn”
    Bu sharshara hozirga qadar yechilmagan tabiat tilsimidir. Qishda, havo harorati Selsiy bo‘yicha 30 daraja sovuq bo‘lgan vaqtda muzlamaydigan sharshara 25 yilda bir marta — yoz chillasida to‘satdan muzlab qoladi.

    2. Jatinga vodiysi (Hindiston)

    Foto: AirJatra

    Foto: AirJatra
    Hindistonning Assam shtatidagi Jatinga vodiysida yozning so‘nggi kunlarida g‘ayritabiiy hodisalar yuz beradi. Bu yerga yarim kechasi qariyb hushsiz holdagi qushlar to‘dasi uchib kelib, shu qadar pastlaydiki, aholi ularni oddiy tayoqlar bilan urib tushirib, pishirish uchun olovga tashlaydi. Ornitologlar bu hodisa sababini tushuntirib berolmayapti, mahalliy aholi esa buni tangrining tuhfasi, deb hisoblaydi.

    3. O‘lim vodiysi (AQSh)

    Foto: National Geographic

    Foto: National Geographic
    Bu yerda g‘alati sudraluvchi toshlarni kuzatish mumkin, lekin hech kim bu toshlar nima sababdan sudralayotganini tushuntirib berolmaydi. Shuningdek, aynan O‘lim vodiysida Shimoliy Amerikadagi eng yuqori havo harorati (Selsiy bo‘yicha 57 daraja issiq) qayd etilgan. Bundan tashqari, “o‘zga sayyoralarning manzaralari”ni tomosha qilish uchun ham bu yerga safar qilsa bo‘ladi — Gollivudning “boshqa dunyolar” haqidagi filmlari, ko‘pincha, shu yerda suratga olinadi.

    4. Niidzima oroli (Yaponiya)

    Foto: Gismeteo

    Foto: Gismeteo
    Tokiodan 970 kilometr uzoqlikda, okean o‘rtasida kichik bir orol bor. Qiziq tomoni, orol 2013-yil 20-noyabr kuni paydo bo‘lgan. Ushbu hodisa kameraga yozib olingan — sohil qo‘riqlash xizmati suvdan otilayotgan vulqonni videoga olgan. Vulqon suv ostida yashirinish o‘rniga, o‘sishda davom etdi va bugungi kunda Bonin orollari tizmasining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.

    5. Patomskiy krateri (Rossiya)

    Foto: “Sergey-mironov.livejournal.com”

    Foto: “Sergey-mironov.livejournal.com”
    Irkutsk viloyatidagi Patomskiy krateri Rossiyadagi eng sirli obyektlardan biri hisoblanadi. Bu yerga 1960-yillardan beri ko‘plab ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo‘lsa-da, noodatiy konus ko‘rinishidagi halqali tuzilmaning kelib chiqishi to‘la ochib berilmagan. Hozircha ikki taxmin bor — krater g‘ayrioddiy magmatik jarayonlar yoki meteorit tushishi oqibatida yuzaga kelgan. Geologik topilmaning yoshi 500 yilga teng, deb taxmin qilinadi.

    6. Frangokastello qasri (Gretsiya)

    Foto: National Geographic

    Foto: National Geographic
    Krit orolidagi Frangokastello qasrida Yer yuzidagi yagona hujjatlashtirilgan xronosarob kuzatiladi. Yozning boshida, kun endigina yorishayotganida ommaviy jang sahnasini kuzatgan guvohlar ko‘plab topiladi — ba’zilar shu qadar ta’sirlanib ketganki, hatto qurollarning jaranglashi va jangchilarning baqirishlarini ham eshitganini aytadi. Ikkinchi Jahon urushida nemis askarlari ushbu sarobga qarata, qo‘rqqanidan, o‘t ochgani haqida gap-so‘zlar bor.

    7. Medveditsa tizmasi (Rossiya)

    Foto: Liveinternet

    Foto: Liveinternet
    Rossiyaning Volgograd viloyatidagi uncha katta bo‘lmagan tepaliklar tizmasida muntazam ravishda sirli tabiat hodisalari yuz berib turadi. Shar chaqnashlari, daraxt poyalarining qiyshayib ketishi — bu yerda kuzatiladigan g‘ayrioddiy hodisalarning bir qismi, xolos. Bundan tashqari, Medveditsa tizmasi ostida sirli yerosti yo‘llari mavjud. Mahalliy aholi buni hukumatning maxfiy bazasi, qadimiy tamaddun izlari va hatto transport tarmog‘i ham, deb taxmin qiladi. Olimlar esa bu borada hozircha biror jo‘yali fikr ayta olmayapti.

    8. Qora bambuk jarligi (Xitoy)

    Foto: “Vsluh.net”

    Foto: “Vsluh.net”
    Mazkur xushmanzara joyda ko‘plab odamlar halok bo‘lgan va yo‘qolgan, deb taxmin qilinadi: birgina XX asrning o‘zida bu yerda 300 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan, samolyot halokatga uchragan, xaritashunoslar va o‘rmon nazoratchilarining guruhlari izsiz g‘oyib bo‘lgan. Olimlar bu hodisalarning asosiy sababini haligacha aniqlay olgan emas.

    9. Skeletlar sohili (Namibiya)

    Foto: National Geographic

    Foto: National Geographic
    Namib sahrosi dengiz bilan to‘qnashadigan joy mana shunday qo‘rqinchli nom bilan ataladi — sohil va sayozliklar ham zamonaviy, ham qadimiy dengizlarning qoldiqlari bilan to‘lib-toshgan. Doimiy tuman, ulkan suvosti qoyalari va tez-tez yuz berib turadigan bo‘ronlar dengizchilar uchun eng xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bu yerda yuz bergan kema halokatlarida omon qolganlar deyarli bo‘lmagan.

    10. Tosh maqbaralar (Rokniya, Koreya, Indoneziya, Isroil, Portugaliya, Skandinaviya, Rossiya)

    Foto: National Geographic

    Foto: National Geographic

    Qadimshunoslarning fikricha, qachonlardir bu tosh yodgorliklar qadimgi kohinlarning qurbonlik keltiradigan joyi sifatida xizmat qilgan. Bir qarashda ularning hech qanday o‘ziga xosligi yo‘qdek, biroq bir-biriga o‘xshash bunday tosh maqbaralar deyarli bir vaqtning o‘zida dunyoning turli burchaklarida qurilgani ham qo‘rqitadi, ham o‘ziga jalb qiladi.

    23.11.2015, 11:00   Izoh (0)   25478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.