Angliya janubi-g‘arbida yengil motorli samolyot halokatga uchrashi natijasida to‘rt kishi — ikki ayol va ikki erkak nobud bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy politsiyaga tayanib.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, fojia Somerset grafligidagi Tonton shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan tibbiy xodimlar, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi, biroq bortdagilarni qutqara olishmadi.
Ayni paytda halokat joyi o‘rab olingan, u yerga olib boradigan shosse yopilgan. Hodisa joyida fojia sabablarini aniqlash maqsadida mutaxassislar ishlamoqda.
Izoh (0)