“Kristal Pelas” himoyachisi Martin Kelli terakt yuz bergan kuni Parijda bo‘lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
U dam olish kunlarini sevgan qizi bilan Parijda o‘tkazayotgan edi. Futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, u kechqurun La Perle restoraniga tashrif buyurgan.
Daily Mail’da xabar berilishicha, La Perle restorani terrorchilar hujumiga uchragan. Tez orada ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan suratlarda yaradorlar va politsiyachilar qurshovidagi Martin Kellini tanish mumkin bo‘ldi.
“Kristal Pelas” Twitter’dagi sahifasida klub u bilan bog‘lanib, uning sog‘ va xavfsiz joyda ekanligiga ishonch hosil qilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)