Mo‘g‘ilistonda “Erdenes Tavan-Tolgoy” ko‘mir qazib chiqaruvchi kompaniya xodimi matbuot yig‘ilishida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Shu tariqa ishchilar kasaba uyushmasi rahbari Mo‘g‘iliston hukumati harakatlariga nisbatan noroziligini bildirdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Oktabr oyidan buyon tashkilot xodimlari rahbariyatning ularning kompaniyasini MCS xususiy korporatsiyasiga berish haqidagi qaroriga nisbatan norozilik bildirmoqda. Shu munosabat bilan ular namoyish va matbuot yig‘ilishini tashkil etdi.
“Mo‘g‘iliston hukumati kompaniyamizni qo‘llab-quvvatlamayapti, ishchilarning oilalari och qolmoqda. Shuning uchun o‘z farzandlarim va Mo‘g‘iliston xalqi uchun men o‘zimga o‘t qo‘yaman”, — dedi kasaba uyushmasi rahbari.
Shundan keyin u stoldan turmasdan, ustidan benzin quyib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Hodisa guvohlari olovni o‘chirganligiga qaramasdan, kasaba uyushmasi rahbari jiddiy jabrlandi. U shifoxonaga yetkazildi.
Izoh (0)