FQB A321 halokatini tekshirishda Rossiya va Misrga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi
AQSh Federal qidiruv byurosi Airbus A321 samolyotining halokati sabablarini tekshirishda Rossiya va Misrga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“FQB Misr va Rossiyadagi hamkorlariga sud-kriminalistik yordam va boshqa xizmatlarni taklif qildi va yordam berishga tayyor. O‘tkazilayotgan tekshiruv yuzasidan bundan keyingi izohlar uchun Misr va Rossiyada ushbu tekshiruvni olib borayotganlarga murojaat qilishni taklif qilamiz”, — deydi boshqarma vakili.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari AQSh Federal qidiruv byurosidan Misrda A321 samolyoti halokatini tekshirishda yordam so‘ragan edi.
