Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2015-yilda yalpi ichki mahsulot 7,5 foizga o‘sishini ma’lum qildi. Bu haqda UzDaily tashkilotning noyabr oyi hisobotiga tayanib xabar beradi.
Ta’kidlash joizki, 2015-yilning may oyida bank O‘zbekiston iqtisodiyoti 2015-yilda 7 foizga o‘sishini ma’lum qilgan edi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari O‘zbekistonning 2016-yilgi iqtisodiy o‘sishi 7,2 foizni tashkil etishi haqidagi ma’lumotga o‘zgartirish kiritmadi.
Bankning ma’lum qilishicha, 2014-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 8,4 foizni tashkil etgani holda, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 8,8 foizni tashkil etadi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiyadagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiy sharoitiga ta’sir qiladi. Sababi Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari hajmi qisqaradi.
Izoh (0)