Rossiyaning Misrda halokatga uchragan A321 layneri bort o‘ziyozarlarini rasshifrovka qilish bilan shug‘ullanayotgan tergovchilar yozuvlarda dvigatel buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan portlash qayd etilganini ma’lum qildi. Bu haqda France 2 telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Samolyot ‘qora quti’laridagi yozuvda paroz chog‘ida yuzaga kelgan portlash shovqini mavjud”, — dedi tergovchilar. Ular shovqin dvigatel buzilishi oqibati bo‘lmaganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr, shanba kuni Misrda Metrojet (“Kogalimavia”) aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan Airbus A321 layneri halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘ldi.
Izoh (0)