Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Karim Benzema avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz boshqargani uchun Madrid sudiga chaqiriq oldi. Futbolchi 23-noyabrga belgilangan sud majlisida 29-oktabr kuni tegishli hujjatsiz mashina boshqargani sabablarini tushuntirib berishi lozim. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Karim Benzema Fransiya terma jamoasidagi sherigi Matye Valbuenadan uning ishqiy munosabatlari tasvirlangan shaxsiy videoyozuvni oshkor etmaslik uchun pul talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Benzema mazkur tovlamachilikda ishtirok etganini tan olgan.
Izoh (0)